APL. "Chelsi" safarda mag‘lub bo‘ldi,"Tottenxem" esa "Bornmut"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

  • 08.01.2026 02:38
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 21-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

"Fulxem" o‘z maydonida "Chelsi"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 55-daqiqasida Raul Ximenes hisobni ochdi. 72-daqiqada "aristokratlar" hujumchisi Delap javob golini kiritib, hisobni tenglashtirdi. Ammo 81-daqiqada mezbonlar futbolchisi gol urib, Harri Uilson "Fulxem"ga g‘alaba keltirdi — 2:1.

Turning yana bir bahsida "Bornmut" o‘z uyida "Tottenxem"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 5-daqiqasida "shporlar" safida Tel hisobni ochdi. Keyinchalik Evanilson va Krupi ketma-ket gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada Paliniya hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Semenyo hal qiluvchi golni kiritib, "Bornmut"ga 3 ochkoni taqdim etdi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
11.png

Fulhem

  • Raúl Jiménez 55'
  • Harry Wilson 81'
Tugadi
2 : 1

08.01.2026 00:30

18.png

Chelsi

  • Liam Delap 72'

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
52.png

AFK Bornmut

  • Evanilson 22'
  • Eli Kroupi 36'
  • Antoine Semenyo 90'
Tugadi
3 : 2

08.01.2026 00:30

6.png

Tottenhem

  • Mathys Tel 5'
  • João Palhinha 78'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!