APL. "Chelsi"ni "Norvich"ga qarshi o‘yinda to‘xtatib bo‘lmadi
Angliya Premer Ligasining 9-turidan o‘rin olgan "Chelsi" va "Norvich" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning 8-daqiqasida Meyson Maunt hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Xadson-Odoi oradagi farqni bittaga oshirib qo‘ydi. Bo‘lim so‘ngida Mauntning uzatmasidan keyin Jeyms gol urdi. Shu tariqa, "ko‘klar" tanaffusga yirik hisobdagi g‘alaba bilan yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘limni ham mezbonlar faol boshladi va 57-daqiqada Chiluell o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 62-daqiqada Aarons o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
85 va 92-daqiqalarda Maunt dubl qayd etib, "arristokratlar"ga 7:0 hisobidagi g‘alaba keltirdi.
Fikrlar