APL chempioni "Brayton"ga o‘tadi

"Liverpul" yarim himoyachisi Adam Lallana faoliyatini "Brayton"da davom ettiradi.

Angliyalik insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, 32 yoshli xavbek erkin agent maqomida mersisaydliklar tarkibini tark etib, "Brayton" bilan uch yillik kelishuv imzoladi.

Ta’kidlanishicha, tomonlar ushbu transferni yaqin vaqtlar ichida rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Oldinroq, Lallana uchun "Sautgempton", "Byornli" va "Lester" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!