APL. "Fulxem" minimal hisobda "Aston Villa"ni mag‘lub etdi
Angliya Premier-ligasining 34-turida "Fulxem" o‘z maydonida "Aston Villa"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol tanaffus arafasida kiritildi. Rayan Sessenyon raqib darvozasini ishg‘ol qilib, londonliklarga g‘alaba keltirdi.
Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoada imkoniyatlar bo‘lganiga qaramay, hisob o‘zgarmadi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Fulxem" ochkolarini 48 taga yetkazib, turnir jadvalida 10-o‘rinda qolmoqda. "Aston Villa" esa 58 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.
"Fulxem" keyingi turda 2 may kuni safarda "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi. "Aston Villa" esa 3 may kuni o‘z uyida "Tottenxem"ni qabul qiladi.
- Angliya - Premyer-liga
- Muntazam mavsum
Fulhem
- Ryan Sessegnon 43'
Tugadi
1
:
0
25.04.2026 16:30

Fikrlar