APL grandlari "Milan" yulduzini qo‘lga kiritishmoqchi
Italiyaning "Milan" klubi vingeri Rafael Leau faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchiga Londonning ikki etakchi klubi qiziqish bildirmoqda. Caught Offside nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchiga "Arsenal" va "Chelsi" da’vogarlik qilmoqda.
Londonning "Arsenal" klubi portugaliyalik futbolchi uchun 75 mln funt (85 mln evro) miqdorida transfer taklifini boshlashga tayyor. "Chelsi"ning qishki transferlar uchun taklifi hozircha shakllanmagan, ammo klub o‘tgan yozda Leau uchun 100 mln funt (113 mln evro) taklif qilgani ma’lum.
Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi APLga o‘tish istiqboliga ijobiy qaramoqda.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Rafael Leauning ayni damdagi narxi 70 mln evroga baholanmoqda. Vingerning "Milan" bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.



Fikrlar