APL klubi "Real" futbolchisiga taklif jo'natdi

  • 26.01.2026 18:38
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Brayton" "Real" himoyachisi Raul Asensioni oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qilmoqda. Bu haqida "Fichajes" nashri maʼlum qildi.

Manba maʼlumotiga koʻra, ingliz klubi madriddliklarga futbolchi uchun 40 million evrolik taklif joʻnatgan. Ammo madriddliklar bu taklifni rad etgan. Chunki "qirollik klubi" Raulni sotish niyatida emas. 

Asensioning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 30 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2031 yilning yozigacha moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, 22 yoshli himoyachi "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritishga erishdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!