
APL. "Liverpul" so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
APLning 11-turidan o‘rin olgan "Luton" - "Liverpul" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Uchrashuv davomida "qizillar"da bir nechta yaxshi imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, hisobni ocha olmadi. 80-daqiqada esa qarshi hujumdan Chong foydalanib ketdi. 95-daqiqada Luis Dias jamoasini qutqarib qoldi.
Shu tariqa, "Liverpul" turnir jadvalida 3-o‘ringa joylashdi. "Luton" esa 17-pog‘onaga chiqib oldi.
Fikrlar