APL. London derbisida bir kishi kam bo‘lib qolgan "Chelsi" "Arsenal" bilan durang o‘ynadi
"Chelsi" mezbonligida o‘tgan uchrashuvda jamoalar durangga imzo chekdi.
"Stemford Bridj" da bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga etdi. Uchrashuvning 38-daqiqasida "aristokratlar" maydonda bir kishi kam bo‘lib qoldi. Jamoaning ekvadorlik tayanch yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo Mikel Merinoga qarshi qo‘pol o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasila "ko‘klar" himoyachisi Trevo Chaloba burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni boshi bilan David Raya qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi. 59-daqiqada esa "kanonerlar" futbolchisi Mikel Merino gol urib muvozanatni tikladi. O‘yin so‘nggiga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va ikki jamoa hai hisoblariga bir ochkodan qo‘shib qo‘ydi.
13-turdan so‘ng "Arsenal" 30 ochko bilan turnir jadvalida etakchilikni davom ettirmoqda. "Chelsi" esa 24 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Chelsi
- Trevoh Chalobah 48'
30.11.2025 21:30
Arsenal
- Mikel Merino 59'
Fikrlar