
APL. Lukas Mouraning xet-trigi "Tottenxem"ga yirik g‘alabani taqdim etdi
Londondagi "Tottenxem Xotspur" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Lukas Moura 3 ta to‘p kiritib, xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Viktor Vanyama ham bir bor o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "shporlar" hisobidagi ochkolar soni 67 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Xaddersfild" esa 14 ochko bilan so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar