APL. “Manchester Siti” safarda “Bёrnli” mag‘lubiyatga uchratib, turnir jadvalidа birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi
APLning 34-turidan o‘rin olgan “Bёrnli” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Bu turda Gvardiola shogirdlari “Bёrnli” maydoniga safar qilib, minimal 1:0 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Bellashuvdagi yagona gol 5-daqiqada Erling Holand tomonidan kiritildi.
Bu g‘alabadan so‘ng “shaharliklar” ochkolar sonini 70 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
- Angliya - Premyer-liga
- Muntazam mavsum
Bernli
Tugadi
0
:
1
23.04.2026 00:00
Manchester Siti
- Erling Haaland 5'

Fikrlar