APL. "Manchester Yunayted" dramatik o'yinda "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi
APL 37-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Nottingem Forest"ni 3:2 hisobida mag‘lub qildi.
“Old Trafford”dagi bahsda hisobni 5-daqiqada Lyuk Shou ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Felipe Morato muvozanatni tikladi.
Oradan ikki daqiqa o‘tib, Mateus Kunya “qizil iblislar”ni yana oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada esa Brunu Fernandeshning assistidan keyin Brayan Mbёmo jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
“Nottingem Forest” 78-daqiqada Morgan Gibbs-Uayt orqali yana bir gol urdi, ammo mehmonlar kambek qilishga ulgurmadi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Manchester Yunayted
- Bryan Mbeumo 76'
- Luke Shaw 5'
- Matheus Cunha 55'
Tugadi
3
:
2
17.05.2026 16:30
Nottingem Forest
- Morgan Gibbs-White 78'
- Morato 53'

Fikrlar