APL. "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Kristal Pelas"ni mag‘lub etdi, "Tottenxem" esa "Fulxem"ga yutqazdi

  • 01.03.2026 21:27
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 28-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Xususan, "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Kristal Pelas" qabul qildi va 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Dastlab, 4-daqiqada Lakrua hisobni ochgan bo‘lsa, 57-daqiqada Fernandesh penalti­ni golga aylantirib, muvozanatni tikladi. Sheshko 65-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng "qizil iblislar" turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Turning yana bir bellashuvida "Fulxem" "Tottenxem"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar futbolchisi Uilson 7-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada esa Ivobi oradagi farqni ikkita­ga oshirdi. "Shporlar" hujumchisi Risharlison 66-daqiqada hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
14.png

Manchester Yunayted

  • Bruno Fernandes 57'
  • Benjamin Sesko 65'
Tugadi
2 : 1

01.03.2026 19:00

51.png

Kristal palas

  • Maxence Lacroix 4'

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
11.png

Fulhem

  • Alex Iwobi 34'
  • Harry Wilson 7'
Tugadi
2 : 1

01.03.2026 19:00

6.png

Tottenhem

  • Richarlison  66'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!