
APL rahbariyati "Liverpul" va MYuning taklifini rad etdi
Angliya Premer-ligasi "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublarining musobaqa ishtirokchilari sonini kamaytirish haqidagi takliflari bo‘yicha bayonot berdi.
Bayonotda aytilishicha, APL klublari sonini 18 tagacha qisqartirish, Angliya liga kubogi va Angliya Superkubogini bekor qilish haqidagi ushbu taklifga premer-liga rahbariyati ham, Angliya futbol ittifoqi rahbariyati ham qarshi chiqqan.
Premer-liga aktsiyadorlari chempionatda 20ta jamoa kurashni davom ettirishga kelishib oldi. Endi liganing barcha a’zolari rivojlanish strategiyasi, raqobatbardosh va barqaror futbol piramidasini tashkil etish ustida ishlaydi.
Fikrlar