APL rahbariyati xavotirda! 12 ta klubdan 14 ta koronavirus chiqdi
Angliya premer-ligasining 12 ta klubida COVID-19 bilan bog‘liq 14 ta holat qayd etildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Angliya Premer-ligasi rahbariyati turli klublarning futbolchilari ta’til paytida bir-biri bilan faol aloqada bo‘lishidan jiddiy xavotirda. Ushbu holat kasallikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Aytish kerakki, APLning o‘tgan mavsum aynan koronavirus sabab 3 oyga to‘xtatib qo‘yilgan va shundan so‘ng muxlislarsiz davom ettirilgan edi.
Fikrlar