APL. Sonning xet-trigi "shporlar"ga yirik g‘alaba taqdim etdi, "Aston Villa" esa...

  • 9 aprel, 2022, 23:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 32-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Tottenxem" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda mehmonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

"Shporlar" tarkibida Son xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Kulusevski ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ushbu bellashuvda Birmingem klubi zarbalar, burchak to‘plari va to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik qildi. Biroq Konte shogirdlari minimal imkoniyatdan maksimal foyda chiqara oldi. 

Shu tariqa, London klubi ochkolari sonini 57 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jerrard shogirdlari 36 ochko bilan 12-pog‘onani band etib turibdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!