
APL tarixidagi eng yomon transferlar ro‘yxati e’lon qilindi
Nufuzli The Telegraph nashri Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yomon o‘nta transfer ro‘yxatini tuzdi. Britaniya gazetasi "Ayaks"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan braziliyalik vinger Antonini birinchi o‘ringa qo‘ydi.
Top 10talik quyidagicha:
1. Antoni - 2022 yilda "Ayaks"dan 85,5 million funt evaziga "Manchester Yunayted"ga;
2. Vinston Bogard - 2000 yilda "Barselona"dan "Chelsi"ga erkin agent sifatida;
3. Jo - 2008 yilda TsSKAdan 19 million funt evaziga "Manchester Siti"ga;
4. Aleksis Sanches - 2018 yilda "Arsenal"dan "Manchester Yunayted"ga bepul (Genrix Mxitaryan evaziga);
5. Frensis Jeffers - 2001 yilda "Everton"dan 10 million funt evaziga "Arsenal"ga;
6. Mixail Mudrik - 2023 yilda "Shaxtyor"dan 62 million funt evaziga "Chelsi"ga;
7. Stiv Deyli - 1979 yilda "Vulverxempton"dan 1,44 million funt evaziga "Manchester Siti"ga;
8. Stefan Givarsh - 1998 yilda "Oser"dan 3,6 million funt evaziga "Nyukasl"ga;
9. Endi Kerroll - 2011 yilda "Nyukasl"dan "Liverpul"ga 36 million funt evaziga;
10. Tomas Brolin - 1995 yilda 4,5 million funt evaziga "Parma"dan "Lids"ga o‘tdi.
Fikrlar