APL. «Tottenxem» «Chelsi»ni mag‘lub etib, mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Angliya Premier-ligasining 8-turidan o‘rin olgan London derbisida «Tottenxem» safarda «Chelsi»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi birinchi gol 77-daqiqada kiritildi. Darvozabon Mayk Penders darvozadan chiqishda xatoga yo‘l qo‘yib, Van Xekke bilan to‘qnashuvdan so‘ng to'pni o‘z darvozasiga kiritib qo'ydi. 80-daqiqada esa Koul Palmer ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi. Shu tariqa, u «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Matis Tel esa o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Shu tariqa, «shporlar» APLda mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 12-o‘ringa ko‘tarildi. «Aristokratlar» esa 4-pog‘onada qoldi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q