APL. "Tottenxem" soʻnggi daqiqalarda gʻalabani qoʻldan chiqardi

  • 18.04.2026 23:49
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 33-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

"Tottenxem" o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvda hisob 39-daqiqada Pedro Porro tomonidan ochildi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Kaoru Mitoma muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo‘limda Xavi Simons "shporlar"ni yana oldinga olib chiqdi. Biroq mehmonlar so‘nggi daqiqalarda javob qaytardi — 90+5-daqiqada Jorjinio Rutter hisobni tenglashtirdi — 2:2.

Shu tariqa, har ikki jamoa bir ochkodan qo‘lga kiritdi. Ayni paytda "Tottenxem" 31 ochko bilan musobaqa jadvalida 18-o‘rinda bormoqda.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
6.png

Tottenhem

  • Pedro Porro 39'
  • Xavi Simons 77'
Tugadi
2 : 2

18.04.2026 21:30

78.png

Brayton

  • Kaoru Mitoma 45'
  • Georginio Rutter 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!