APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan uchinchi klub ma’lum bo‘ldi
Ali Ahmadxo’jayev
2025/2026 yilgi mavsum chempionati pley-off bosqichining "Xall Siti" va "Midlbsro" jamoalari oʻrtasidagi final oʻyini yakunlandi. Ushbu oʻyinda "yolbarslar" 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuv Londondagi "Uembli" stadionida boʻlib oʻtdi.
Yagona gol 90+5-daqiqada Oliver Makbarni tomonidan kiritildi.
Yarim finalda "Xall Siti" "Millvall"ni magʻlub etdi (0:0, 2:0), "Midlbsro" esa "Sautgempton"ga yutqazdi (0:0, 0:1), ammo "avliyolar" boshqa jamoalarning mashgʻulotlarini ruhsatsiz videoga olganligi sababli texnik magʻlubiyatga uchradi. Avvalroq "Koventri Siti" va "Ipsvich Taun" toʻgʻridan-toʻgʻri APLga yoʻl olgandi.
2017 yildan beri birinchi marta Premier-ligaga qaytgan “yolbarslar” 275 million yevro qoʻlga kiritishdi.

Izohlar (0)