APLda 7 jamoa birgalikda rekord o‘rnatdi

  • 28.09.2025 13:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Eng murakkab chempionat – Angliya Premer-ligasi oltinchi turining dastlabki kunidan o‘rin olgan etti uchrashuv davomida jamoalar antiqa rekord o‘rnatdi.

Turning birinchi kunidagi oxirgi uchrashuv “Tottenxem” va “Vulverxempton” uchrashuvida mezbonlar hakam tomonidan o‘yindagi to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan to‘rtinchi daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi – 1:1.

Shanba kungi ettita o‘yinda 90-daqiqa va undan keyin jami sakkizta gol urilgani qayd etildi.  Opta statistika markazi tadqiqotiga ko‘ra, shu tariqa Angliya Premer-ligasida eng kech urilgan gollar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi.

Shu kuni “Tottenxem”dan tashqari, “Brentford” (“Manchester Yunayted”ga), “Kristal Pelas” (“Liverpul”ga), “Bornmut” (“Lids”ga), “Manchester Siti” ( ikki marta “Byornli”ga) va “Brayton” (ikki marta “Chelsi”ga) so‘nggi daqiqalarda to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!