APLda ilk golini “MYu”ga urgan Vardi yubiley golini ham “MYu”ga urdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliya chempionati 19-turida “Lester” jamoasi o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi va so‘nggi daqiqadagi gol evaziga 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

“Lester” hujumchisi Jeymi Vardi uchrashuvda hisobni ochdi va APLda kiritgan gollari sonini 50 taga etkazib oldi.

E’tiborli jihati shundaki, angliyalik futbolchi APLdagi ilk gooini aynan “Manchester Yunayted” darvozasiga kiritgandi.

Yana bir qiziq fakt: Vardi 50 goldan 21 tasini Angliyaning TOP-6 klublariga – “Liverpul” (6 ta), “Arsenal” (5 ta), “Man Siti” va “MYu”(3 tadan) hamda “Chelsi” va “Tottenxem” (2 tadan)  urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!