APLda jon saqlab qolgan klub Avstriyadan futbolchi olmoqda

  • 26.05.2022 16:34
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"RB Zaltsburg" yarim himoyachisi Brenden Eronson Lids shahri jamoasiga o‘tmoqda. Transfer narxi 28 million funt atrofida bo‘lishi kutilyapti.

Ayni pallada amerikalik futbolchi yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga etib kelgan. Rasmiy xabar tez orada e’lon qilinadi.

21 yoshli Brendon "RB Zaltsburg" safida barcha musobaqalarda 65 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol kiritgan va 11 assistni amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!