APLda jon saqlab qolgan “Tottenxem” iqtidorli himoyachisini ijarada o‘ynatmoqchi
“Tottenxem” 19 yoshli himoyachisi Luka Vushkovichni yana “Gamburg”ga yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi futbolchining rivojlanishi uchun doimiy o‘yin amaliyoti muhim deb hisoblamoqda. Shu sabab uning Germaniyada yana bir mavsum qolishi ehtimoli yuqori baholanyapti.
"Gamburg" safida Vushkovich o‘zining iqtidori va ishonchli harakatlari bilan yaxshi taassurot qoldirdi. Klub ham uni jamoada saqlab qolishdan manfaatdor ekani aytilmoqda.
Yosh himoyachi jismoniy kuchi, havodagi ustunligi va himoyadagi hotirjam o‘yini bilan ko‘plab mutaxassislar e’tiborini tortgan.
Hozircha kelishuv rasmiy tasdiqlanmagan, ammo “Tottenxem” futbolchining rivojlanish rejasida “Gamburg”ni muhim bosqich sifatida ko‘rayotgani xabar qilinmoqda.

Fikrlar