APLda "Liverpool" qo‘shimcha daqiqalarda gol kiritish bo‘yicha mutlaq rekordchi!

  • 23.02.2026 00:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining 27-tur uchrashuvlaridan birida "Liverpul" safarda "Nottingem Forest"ni mag‘lub etdi. G‘alaba goli asosiy vaqtda qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritildi.

Ushbu gol "Liverpul" uchun APL tarixidagi (1992 yildan buyon) 90-daqiqadan keyin, qo‘shimcha vaqtda urilgan 48-g‘alaba goli bo‘ldi. Bu Angliya Premier-ligasi uchun mutlaq rekord hisoblanadi. Mersisaydliklar bu ko‘rsatkich bo‘yicha istalgan boshqa klubdan kamida 12 taga ko‘p shunday gol urgan.

Hozirda jamoa bosh murabbiyi Arne Slot shogirdlari chempionat jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. "Liverpul" ochkolar soni bo‘yicha "Chelsi" va "Manchester Yunayted" bilan teng ko‘rsatkichga ega, biroq manchesterliklarda bitta zahira o‘yin mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!