APLda mavsumning qolgan uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tkaziladi

  • 12.03.2020 17:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniya hukumati koronavirus pandemiyasini oldini olish bo‘yicha keskin choralarni ko‘ra boshladi.

The Times nashrining yozishicha hukumat mamlakatdagi barcha futbol uchrashuvlarini, shu jumladan APLni ham tomoshabinlarsiz o‘tkazish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu mavsumning qolgan qismidagi barcha o‘yinlar tomoshabinlarsiz o‘tkazilishini anglatadi.

Yillik abonement va chipta egalari o‘yinlarni internet orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!