APLda murabbiylar uchun VAR tizimi qulay bo‘lishi mumkin
Angliya Premer ligasi videotakrorlardan foydlanish qoidalariga o‘zgartirish kiritish niyatida. The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, klub mutasaddilari VAR tizimi bo‘yicha maxsus uchrashuv o‘tkazishadi.
APLga taklif etilayotgan yangi uslub bo‘yicha klub murabbiylari bir o‘yinda 3 tagacha videotakrorlardan foydlanish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bunda yondashuv boshqa sport turlarida anchadan buyon qo‘llanilib keladi.
APL mutasaddilari esa bunday taklifga rozi bo‘lishmayapti. Chunki videotakrorlardan bu tarzda foydalanish o‘yin vaqtini cho‘zib yuborishi mumkin deb hisoblashmoqda.
Fikrlar