
APLda yangi qoida joriy etiladi
Angliya chempionatida futbolchilar va hakamlarning o‘yin paytidagi muloqotiga oid yangi qoida joriy etiladi. Bu haqda "The Telegraph" nashri ma’lum qildi.
2025-26 yilgi mavsumdan boshlab hakam bilan muloqot qilish huquqi faqat jamoa sardoridagina qoladi. Ushbu g‘oya yangilik emas va ilk bor so‘nggi Evropa chempionatida qo‘llanilgan edi.
Mazkur qaror APL klublarining navbatdagi yig‘ilishida tasdiqlanishi kutilmoqda. Hakamlik vakillariga yangi qoidani amalga oshirishga quyi liga klublari ham qo‘shilishini allaqachon istayotganliklari ma’lum qilingan. Agar sardor darvozabon bo‘lsa, klublar muloqot qilish vakolatlarini maydondagi boshqa o‘yinchiga berishlari mumkin bo‘ladi.
Fikrlar