APLdan yana koronavirus chiqdi
Angliya premer-ligasi 19, 21 va 22 may kunlari koronavirusga qarshi topshirilgan test natijalarini e’lon qildi.
Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha, yuqoridagi 3 kun davomida jami 996 nafar futbolchi va xodimlar testdan o‘tkazilgan. Yakunda 2 ta klub a’zosida virus aniqlangan va ular darhol 7 kunlik karantinga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, 17-18 may kunlar olingan dastlabki test natijalariga ko‘ra 3 ta klubning 6 nafar a’zosida Covid-19 borligi ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar