
APLning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqildi
Angliyaning Sky Sports telekanali o‘z talqiniga ko‘ra premer-liganing joriy mavsumdagi ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Tarkibga "Liverpul"dan 6 ta, "Lester" va "Sheffild"dan 2 tadan hamda "Manchester Siti"dan 1 ta futbolchi kiritildi.
Darvozabon: Din Xenderson - "Sheffild Yunayted";
Himoyachilar: Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Endryu Robertson barchasi - "Liverpul", Jek O’Konnell - "Sheffild Yunayted";
Yarim himoyachilar: Uilfred Ndidi - "Lester", Jordan Xenderson - "Liverpul", Kevin de Bryuyne - "Manchester Siti";
Hujumchilar: Sado Mane, Muhammad Saloh - "Liverpul", Jeymi Vardi "Lester".
Aytish kerakki, koronavirus sabab 29-turdan so‘ng APL o‘yinlari noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi.
Fikrlar