APLning eng zo‘r hujumchilaridan birini Saudiyaga olib ketishadi

  • 27.07.2026 10:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistonining mashhur  «Al-Hilol» klubi rahbariyati «Everton» hujumchisi Iliman Ndiayeni oʻz jamoasi safida koʻrishni rejalashtirmoqda. 

Bu haqida futbol boʻyicha insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.

Manbaga koʻra, tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar hali dastlabki bosqichda. Futbolchi tomoni muloqotga tayyor, ammo bitimning amalga oshishi, avvalo, ingliz klubining qaroridan kelib chiqadi.

Oʻtgan mavsumda Ndiaye barcha musobaqalar doirasida 34 oʻyinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Uning «Everton» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha moʻljallangan. 

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 55 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!