APLning eng zo‘r murabbiylaridan biri “Chelsi” boshqarishga rozi
Joriy mavsum yakunlanishi bilan “Bornmut” bosh murabbiyligini tark etishini ma'lum qilgan Andoni Iraola “Chelsi”da ishlashga qiziqish bildirmoqda.
Iraola aprel oyidayoq “Bornmut” boshqaruvini topshirishini aytgandan keyin klub rahbariyati uning o‘rniga tezda boshqa mutaxassis topdi. Keyingi mavsumga jamoani germaniyalik murabbiy Marko Roze tayyorlashi kutilmoqda.
Iraolaning o‘zi hozircha faoliyatini qaerda davom ettirishini bilmasligini aytgan, ammo jurnalist Fabrizio Romano ma'lum qilishicha, Andoni Premer-ligada qolishni istaydi va munosib bosh murabbiy qidirayotgan “Chelsi”dan taklif kutyapti.
“Chelsi” esa ishdan bo‘shatilgan Liam Rosenyor o‘rniga doimiy murabbiy izlamoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” rahbariyati Iraolaning faoliyatini yuqori baholab keladi.
Hozir “Bornmut” Premer-ligada yettinchi o‘rinda bormoqda, “Chelsi”dan bir ochko oldinda va klub tarixidagi rekord – 14 o‘yindan beri mag‘lub bo‘lmayapti.

Fikrlar