APLning ikki futbolchisi zo‘rlashda gumonlanib hibsga olindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-Ligasida harakat qiluvchi ikki nafar futbolchi zo‘rlashda gumon qilinmoqda.

APLning bir klubida o‘ynovchi ikki nafar 19 yoshli futbolchi zo‘rlashda gumonlanib, hibsga olindi, deya yozmoqda The Sun. Ulardan biri stadionda ushlangan. 

Taxminlarga ko‘ra, voqea o‘tgan juma kuni sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi voqeadan bir necha soat o‘tib, politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala shaxs ham garov evaziga qo‘yib yuborilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!