APLning ikki klubi "Barselona" yarim himoyachisiga ko‘z tikdi

  • 10 fevral, 16:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" klublari "Barselona" futbolchisi hisoblangan Fermin Lopesga juda katta qiziqish bildirmoqda. 
 
"Onda Cero" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, ikki APL klubi so‘nggi kunlarda ispaniyalik yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Ruben Amorim va Unai Emeri boshchiligidagi jamoalar "ko‘k-anorranglilar" uchun 70 million evro berishga tayyorligini bildirgan. Manbaga ko‘ra, bir necha yaxshi takliflar bo‘lishiga qaramasdan kataloniyaliklar o‘z futbolchisini sotmoqchi emas. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli havbek joriy mavsum Flik qo‘l ostida 25 ta bellashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!