AQSh Eron futbolchilariga “boshqacha” viza berdi
AQSh hukumatı 2026 yılgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun Eron milliy terma jamoasi futbolchilariga mamlakatga kirish vizalarini tasdiqladi.
Jurnalist Romen Molina ma'lumotiga ko'ra, ushbu vizalar maxsus cheklov bilan beriladi. Ya'ni, eronlik futbolchilarga AQSh hududida uzoq muddat qolishga ruxsat etilmaydi va vizalar vaqtinchalik hisoblanadi.
Shu sababli Eron terma jamoasi musobaqa davomida Meksikadagi sport bazasiga joylashtiriladi va AQShdagi o'yinlarga borib-kelib o'ynaydi.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Eron terma jamoasi Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Barcha uchrashuvlar AQShda o'tkaziladi: ikkitasi Inglvud shahrida, bittasi esa Sietl shahrida bo'lib o'tadi.

Fikrlar