AQSh Iroqning 5 futbolchisiga viza berishni rad etdi. Ular orasida “Paxtakor” futbolchisi ham bor
Iroq terma jamoasining bir nechta futbolchilari jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQShga viza olishda muammoga duch kelishdi.
Iroq futbol federatsiyasi vakili G‘olib Al-Zamiliyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh nomaʼlum sabablarga ko‘ra milliy terma jamoaning besh nafar futbolchisi – Ibrohim Baesh, Mo‘hanad Ali, Haydar Abdul Karim, Ali Al-Hamadiy va “Paxtakor” himoyachisi Zaid Tahsinga viza berishni rad etgan.
Al-Zamiliy viza olish rad etilgan futbolchilar terma jamoaning asosiy o‘yinchilari ekanini taʼkidladi. Iroq futbol federatsiyasi bu masala bo‘yicha tezkor yechim topish maqsadida FIFA bilan bog‘lanadi.
JCh-2026 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Iroq terma jamoasi guruh bosqichida Fransiya, Norvegiya va Senegal jamoalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar