AQSh — Oʻzbekiston: Mayamida kuchli shaxmat qarama-qarshiligi
27–28 iyul kunlari Mayami shahrida AQSh va O‘zbekiston terma jamoalari oʻrtasida qiziqarli shaxmat uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Bellashuv rapid va blits formatlarida tashkil etiladi.
AQSh terma jamoasi tarkibi:
– Hikaru Nakamura
– Fabiano Karuana
– Uesli So
– Levon Aronyan
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi:
– Nodirbek Abdusattorov
– Javohir Sindarov
– Nodirbek Yakubboev
– Shamsiddin Vohidov
Mazkur toʻqnashuv jahon shaxmatidagi kuchli grossmeysterlar ishtirokida oʻtishi bilan katta qiziqish uygʻotmoqda.

Fikrlar