AQSh terma jamoasi shaxmatchisi: "O'zbekiston hukumatiga juda minnatdorman"
AQSh terma jamoasining ikkinchi taxtasida o‘ynayotgan Uesli So Daniyaga qarshi uchrashuvdagi g‘alabasidan mamnun ekanini bildirdi. Amerikalik shaxmatchi partiya davomidagi ayrim vaziyatlarda o‘zi ham ancha ikkilanagini ta’kidladi.
"Onamga ham Samarqanddagi Olimpiada juda yoqyapti. AQShdan bu yerga yetib kelish ancha qiyin, ammo kelganingizdan keyin o‘zingizni g‘oy jannatga tushib qolgandek his qilasiz.
Ayrim shaxmatchilarning mehmonxonalari ancha uzoqda joylashganini tushunaman. Ammo AQSh terma jamoasiga, ayniqsa yetakchi jamoalarga bu yerda juda yaxshi munosabatda bo‘lishyapti.
O‘zbekiston hukumatiga juda minnatdorman. Ular ushbu Shaxmat Olimpiadasini biz ilgari ishtirok etgan barcha Olimpiadalar orasida eng yaxshisiga aylantirishni istashlarini aytgan edi. Ko‘rinib turibdiki, hozir ham aynan shunday bo‘lmoqda», — dedi qo‘shimcha qildi So.

Fikrlar