Arabistondan qaytadigan yulduz Italiya grandlarini “kuydirdi”

  • 24.12.2025 20:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropadagi faoliyati davomida “Portu” va “Vulverxempton” jamoalarida porlagan Ruben Neesh 2023 yilning yozida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.

28 yoshli futbolchi yana “ko‘hna qit’a”ga qaytish istagini bildirdi. Shundan so‘ng, Italiyaning ikki qudratli klubi “Yuventus” va “Inter” tajribali yarim himoyachini olish bo‘yicha reja tuzib, ishga kirishdi.

Biroq Ruben Neveshga Angliya Premer-ligasi vakillari – “Manchester Yunayted” va “Nyukasl” e’tibor qaratganidan keyin portugaliyalik yulduzning rejasi o‘zgarib qoldi.

Caught Offside nashrining yozishicha, Nevesh Italiyaga borishdan bosh tortib, Angliyaga qaytish variantini tanladi.

Futbolchining shayxlar bilan kelishuvi 2026 yilning 30 iyun kuni tugaydi. Evropa klublarini Nevesh darajasidagi o‘yinchini erkin agent maqomida bepul qo‘lga kiritish imkoniyati o‘ziga jalb qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!