"Aral Samali" 40 kun ichida ikkinchi direktorni tayinladi

  • 09.04.2022 16:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Aral Samali” futbol klubi yagona ishtirokchisining 2022 yil 4 apreldagi 02-sonli qaroriga muvofiq Islombek Seytnazarov futbol klubi direktori lavozimidan ozod etildi. Seytnazarov shu yilning 22 fevralidan boshlab jamoaga direktorlik qilib kelayotgandi.

Endilikda “Aral Samali”ni Dauletmurat Bekmuratov direktor sifatida boshqaradi, - deya xabar bermoqda, O‘zPFL matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, “Aral Samali” pro liga musobaqasida 5 ta o‘yindan keyin 1 g‘alaba, 1 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etgan holda 4 ochko jamg‘arib, 8- o‘rinda boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!