Arbeloa: "Hozir barcha e'tibor "Malyorka"ga qarshi o'yinga qaratilgan"

  • 03.04.2026 15:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan "Malyorka"ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, madriddliklar ayni paytda o‘zlari istagan nuqtada turibdi — jamoa ham chempionlik, ham Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashmoqda. Shu bilan birga, u hozircha barcha diqqat-eʼtibor faqat yaqinlashib kelayotgan o‘yinga qaratilganini aytdi.

"Malyorka"ga qarshi bahs juda qiyin kechadi, chunki bu oson raqib emas va o‘yin tanaffusdan keyin darhol bo‘lib o‘tadi. Ammo meni futbolchilarning mashg‘ulotlardagi ishlashi ruhlantirmoqda. Men ularning sovrinlar uchun kurashishga bo‘lgan ishtiyoqi va yuqori kontsentratsiyasini ko‘ryapman", — dedi Arbeloa "Madrid Xtra"ga.

Eslatib o‘tamiz, "Malyorka" — "Real" uchrashuvi 4 aprel, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti — Toshkent vaqti bilan 19:15.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!