Arbeloa: "Irqchilikka futbolda o‘rin yo‘q"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi oʻyin (1:0) chogʻida yuz bergan mojaro haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv davomida "Real" qanot hujumchisi Vinisius Zhunior hakam Fransua Leteksyeга raqib jamoa futbolchisi Janluka Prestianni uni haqorat qilib, irqiy soʻz ishlatganini aytgan.
Arbeloa vaziyatga munosabat bildirib, quyidagilarni taʼkidladi:
– Vini oʻzini yaxshi his qilmoqda, xotirjam. Albatta, sodir boʻlgan holat hech kimga yoqmaydi. "Benfika" futbolchisidan nima deganini soʻrash kerak.
Bu kabi holatlarni futboldan butunlay yoʻqotishimiz shart. Agar futbolchilarning oʻzi bunga chek qoʻymasa, muammoni hal qilish juda qiyin boʻladi, – dedi murabbiy.
Fikrlar