Arbeloa ispaniyalik futbolchilarning oʻyinidan mamnun qoldi

  • 18.05.2026 12:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" murabbiyi Alvaro Arbeloa La Ligada “Sevilya”ga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin jamoadagi ispaniyalik futbolchilarning harakatlariga yuqori baho berdi.

"Ularning barchasi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. To‘rt nafar ajoyib futbolchi. “Real” har doim eng yaxshi ispaniyalik o‘yinchilar bilan mashhur bo‘lgan.

Din Hauysen ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Karvaxal 90 daqiqa davomida yuqori saviyada va ishonchli harakat qildi. Tyago Pitarch ham har doimgidek jamoaga foyda keltirdi. Fran Garsiya haqida ham faqat yaxshi fikr ayta olaman.

Gonsalo va Raul Asensio bugun o‘ynamadi. Bizda ispaniyalik futbolchilarning juda kuchli tarkibi bor. Ularning ko‘pchiligi yosh va katta kelajakka ega. Ular “Real”da ekanidan juda xursandmiz", — dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!