Arbeloa “Jirona”ga qarshi durangdan so‘ng “Real” o‘yinigа baho berdi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liga 31-turi doirasida “Jirona”ga qarshi o‘yin (1:1)dan so‘ng jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.
“Biz o‘zimizdan kutilgan eng yaxshi o‘yinni ko‘rsata olmadik. Bu g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan uchrashuv edi. Dastlabki tarkib g‘alaba uchun yetarli kuchga ega edi. Futbolchilarning sa’y-harakatlarini hisobga olganda, biz ko‘proq gol urishimiz kerak edi”, — dedi Arbeloa.
Ma’lumot uchun, ayni paytda madridliklar 70 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Jirona” esa 38 ochko bilan 12-o‘rinda joylashgan.
Fikrlar