Arbeloa: "Kurtua — tarixdagi eng yaxshi darvozabon, ammo Lunin ham ishonchli"
Belgiyaik golkiper sonidagi jarohat sabab taxminan bir yarim oyga safdan chiqdi. U Chempionlar ligasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limidan so'ng almashtirilgan edi.
"Futbolchilar har safar maydonga tushganda xavf bo'ladi. Ko'pchilik buni tushunmaydi, ammo juda kam futbolchi og'riqsiz o'ynaydi.
Tanaffusda Tibo o'yinni davom ettirmoqchi edi, ammo men uni almashtirishga qaror qildim. Andrey Lunin ajoyib darvozabon ekanini ko'rsatdi va yana ko'rsatadi.
Tarixdagi eng yaxshi darvozabon jarohat oldi, ammo bizda yana bir fantastik golkiper bor", — dedi Arbeloa.
Fikrlar