Asosiy mazmunga oʻtish

Arbeloa "Real" kiyinish xonasida to‘liq qo‘llab-quvvatlanmoqda

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Ko‘plab futbolchilar uning qolishini istamoqda

"Marca" ma'lumotiga ko'ra, 43 yoshli mutaxassis jamoa ichida ijobiy muhit yaratgani, futbolchilarni ochiq himoya qilishi va shaxsiy muloqotlarda aniq pozitsiyasi bilan hurmat qozongan.

So'nggi natijalar ham futbolchilarning ishonchini yanada mustahkamladi — "Real" barcha musobaqalarda ketma-ket 5 ta g'alabaga erishdi. Jamoa a'zolari murabbiyning taktikasiga ishonishmoqda va uning yordamchilaridan ham mamnun.

Qayd etilishicha, Arbeloni ayniqsa Vinisius Juniyor, Federico Valverde, Tibo Kurtua, Orelien Tchuameni va Antonio Ryudiger qo'llab-quvvatlamoqda.

Shuningdek, u Arda Gyuler, Fran Garsiya va Braim Diasga ham ma'qul kelgan.

Manbaga ko'ra, Arbeloa kelasi mavsumda ham "Real" bosh murabbiyi sifatida qolishni istamoqda va jamoa yetakchilari uning bu qaroriga to'liq qo'silmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q