Arbeloa: "Real" qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonishni maqsad qilgan"

  • 22.04.2026 13:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa klubning chempionlik uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

32 turdan keyin "qaymoqranglilar" La Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda va bir o‘yini kam bo‘lgan "Barselona"dan 6 ochko ortda qolmoqda.

"Imkon bor ekan, kurashishda davom etamiz. Umid qilamanki, bu juda tez ham, juda kech ham yakunlanmaydi. Jamoa oldiga qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish vazifasini qo‘ygan.

Raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, har bir bahsda jang qilishimiz shart. O‘zimizdan ancha ko‘proq talab qilishimiz va qolgan olti uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishimiz kerak", — dedi Arbeloa.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!