Arbeloa “Real” yulduzi bilan nega janjallashdi?

  • 08.04.2026 19:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” himoyachisi Raul Asensio jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bilan nizoga borgan. Marca nashri jurnalistlarining ta'kidlashicha, aynan shu holat futbolchining so‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmasligiga sabab bo‘lgan.

Arbeloa uni Chempionlar ligasida “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda zahirada qoldirishga qaror qilganida, Asensio murabbiydan juda qattiq xafa bo‘lgan va bu haqida Arbeloa bilan gaplashgan.

Arbeloa himoyachini “Elche”ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirishga qaror qilgan, ammo o‘yin kuni Asensio shifokor bilan birga murabbiy huzuriga kirib, unda engil mushak jarohati borligini va o‘ynashga tayyor emasligini aytgan. Bu holat Arbeloani juda g‘azablantirgan.

Murabbiy dam olishi kerak bo‘lgan Antonio Ryudigerga “Elche”ga qarshi o‘ynashga to‘g‘ri kelishini aytgan va bu nemis futbolchisiga ham  yoqmagan.

Arbeloa Asensioni jamoadan uzr so‘ramagani uchun uni “Elche”, “Manchester Siti” va “Atletiko”ga qarshi o‘yinlar uchun tarkibdan chiqarib tashlagan, garchi u mashg‘ulotlarda faol ishtirok etgan bo‘lsa ham.

Keyinchalik Asensio Arbeloadan uzr so‘ragan, ammo murabbiy undan butun jamoa oldida ham uzr so‘rashini talab qilgan. Shu talab bajarilmaguncha, u tarkibga qaytarilmasligi aytilgan.

Asensio xalqaro tanaffusdan so‘ng nihoyat jamoadan uzr so‘rab, yana tarkibga qaytgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!