Arbeloa “Siti” bilan to‘qnashuvdan keyin besh nafar yulduzini tarkibdan chiqardi
UEFA Chempionlar ligasi doirasida “Manchester Siti” bilan bo‘lib o‘tgan ohir uchrashuvdan keyin “Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa La Liganing keyingi turida tarkib rotatsiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
27-tur uchrashuvida madridliklar “Elche” bilan kuch sinashadi. Ikki o‘yin orasidagi vaqt kam bo‘lgani uchun murabbiylar shtabi 14 mart kuni bo‘ladigan bahsda bir qator yetakchi futbolchilarga dam beradigan bo‘ldi.
Marca nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Antonio Ryudiger, Trent Aleksander-Arnold, Orelien Tchuameni, Federico Valverde va Tibo Kurtua “Elche” qarshi o‘yinda ishtirok etadigan tarkibdan chiqarilgan.
Alvaro Arbeloa yetakchi o‘yinchilar o‘rniga yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Dani Karvaxal, Migel Anxel, Gonsalo Garsiya, Fran Garsiya va Andrey Luninni boshlang‘ich tarkibga kiritadigan bo‘ldi.

Fikrlar