Arbeloa: "Vinisius biz bilan qolib, tarix yaratishda davom etishini xohlayman"

  • 23.01.2026 20:38
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuv oldindan bir nechta savollarga javob berdi.

"Vilyarreal" ajoyib raqib, biroq biz g'alaba qozonish uchun qanday o'yin olib borish kerakligini yaxshi bilamiz. Menimcha, bu safardagi eng murakkab o'yinlarimizdan biri bo'ladi. To'g'ri, biz ayrim qiyinchiliklarga duch keldik, ammo "Monako" ga qarshi uchrashuvdan so'ng jamoa yaxshi tarafga o'zgarishi mumkin. Kecha futbolchilarning qanday g'ayrat bilan mashq qilayotganini ko'rdim va umid qilamanki, biz bu tempni saqlab qolishda davom etamiz. Rodrigo safga qaytdi va u ertangi uchrashuvda maydonga tushadi".

Vinisius bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha yangilik bormi?

"Bu menga bog'liq emas, bu klub va futbolchining ishi. Lekin, men uning shu yerda qolib, tarix yaratishda davom etishini xohlayman".

Himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtiryapsizmi?

"Men tarkibdan mamnunman. Agar kerak bo'lsa akademiya futbolchilarni taklif qilamiz. Bizda bir nechta iqtidorli yosh futbolchilarimiz bor", - dedi "qirollik klubi" bosh murabbiyi. 

Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" La Liganing 21-turida "Villyarreal" maydoniga safar qiladi. Bu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 24 yanvardan 25 yanvarga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!