Arbeloaning “Real”dagi eng katta xatosi oshkor bo‘ldi
Madridning “Real” jamoasidagi ayrim futbolchilar bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning yondashuvidan norozi, chunki ularning fikricha, u jamoadagi yulduz futbolchilarni haddan tashqari maqtaydi va akademiya tarbiyalanuvchilari hamda ispan oʻyinchilarga kamroq eʼtibor qaratadi.
Bu haqida El Mundo nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, bunday futbolchilar qatoriga Dani Karvaxal, Raul Asensio, Dani Sebalyos, Din Xoysen, Alvaro Karreras, Fran Garsiya va Gonsalo Garsiya Torres kiradi.
Ulardan ayrimlari ilgari jamoa kiyinish xonasida muhim rol oʻynagan, ammo oxirgi ikki yilda Nacho Fernandez, Xoselu va Lukas Vaskes ketganidan keyin bu oʻyinchilarning ham ahamiyati kamaygan.
Futbolchilar taʼkidlashicha, Arbeloa “Real”ning legioner yulduzlariga ijobiy munosabatda boʻlib keladi, Raul Asensio masalasida esa ortiqcha qatʼiyat koʻrsatgan va ispan futbolchisini bir necha kungа tarkibdan chetlatgan.
Shuningdek, murabbiy bilan Sebalyos oʻrtasida ham nizo yuzaga kelgan. Taʼkidlanishicha, Arbeloa Karrerasni “yomon xulqi” sabab bir necha bor asosiy tarkibdan chiqarib tashlagan.

Fikrlar